Poytaxtimizda Coder – bo‘lajak dasturchilar uchun internet texnologiyalari maktabi ochildi. U yerda sayt, veb-dizayn va dasturlar yaratish o‘rgatiladi. Darslar o‘zbek tilida olib boriladi — bu dasturlash bo‘yicha kurslar uchun yangilikdir.

Untitled

Coder maktabining rasmiy saytida mashg‘ulotlarning ma’ruza o‘qish orqali emas, trening shaklida o‘tishi qayd etilgan. Saytda kurslarning turi, boshlanish sanasi va narxlari batafsil keltirilgan.

Tez kunda HTML5+CSS3 kursi boshlanishi haqida kurs saytida ma’lumot berilgan. Ayni paytda unga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni davom etmoqda. Kurs rahbari To‘lqin Yusupov maktabning kelajakda JavaScript/jQuery va PHP bo‘yicha kurslar ochish ham rejalashtirayotganini aytib o‘tdi.

HTML5+CSS3 kursi 10 ta darsdan iborat bo‘lib, narxi 250 ming so‘mni tashkil etadi. Coder saytida ushbu darslarning har biri haqida batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Mashg‘ulotlar maktabning Temur Malik ko‘chasi, 146-uy, TexnoPlaza sanoat-biznes markazida joylashgan ofisida o‘tkaziladi. Darslar 19:00 dan 22:00 gacha davom etadi.

Mashg‘ulotlarni Coder maktabining mutaxassislari – To‘lqin Yusupov, Muhammadjon Saidmurodov, Sherzod Eshniyozov olib boradi.

Coder maktabi o‘qituvchilari

Coder maktabi o‘qituvchilari

Ma’lumot o‘rnida: koder (inglizcha coder) – dasturchi, kompyuter va veb-dasturlar dizaynini yaratadigan, ularni dasturlaydigan hamda sinovdan o‘tkazadigan kishi.