Avvalgi xabarlarimizda Interbrand konsalting agentligi 2013-yilning eng qimmat brendlari reytingini e’lon qilgani haqida aytib o‘tgan edik. Mazkur agentlik tomonidan dunyodagi eng qimmat avtomobil brendlari reytingi ham tuzib chiqildi. Bu haqda “Motor” internet-nashri xabar qiladi. Reytingga ko‘ra, joriy yilda Yaponiyaning Toyota kompaniyasi eng qimmat avtomobil brendi nomiga sazovor bo‘ldi. Mazkur kompaniya 2012-yilda ham bu nomga loyiq topilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Toyota kompaniyasi joriy yilda dunyodagi eng qimmat brendlar orasida o‘ninchi pog‘onani egalladi.

Interbrand agentligi versiyasi bo‘yicha dunyoning eng qimmat mashinalar brendlari reytingi bilan tanishing:

1. Toyota — 35 milliard 346 million dollar

Toyota_Logo_Newes

2. Mercedes-Benz — 31 milliard 904 million dollar

Mercedes-Benz-logo

3. BMW — 31 milliard 839 million dollar

BMW-logo 1

4. Honda — 18 milliard 490 million dollar

honda

5. Volkswagen — 11 milliard 120 million dollar

logo-volkswagen-2

 6. Ford — 9 milliard 181 million dollar

Ford Logo

7. Hyundai — 9 milliard 4 million dollar

hyundai

 8. Audi — 7 milliard 767 million dollar

Audi Logo 6

 9. Porsche — 6 milliard 471 million dollar

porsche-cars-logo-emblem

10. Nissan — 6 milliard 203 million dollar

nissanlogo b

11. Kia — 4 milliard 708 million dollar

autowp_ru_kia_logo_1

12. Chevrolet — 4 milliard 578 million dollar

Chevrolet-Logo (1)

13. Ferrari — 4 milliard 13 million dollar

ferrari-logo-brands-wallpapers

Guvoh bo‘lganingizdek, dunyoning eng qimmat avtomobillar brendlari ro‘yxatiga bor-yog‘i 13 ta avtokompaniya kiritildi. Bu yil Chevrolet kompaniyasi ham ilk bora reytingdan joy oldi.