Yangi iPad uchta rangda, yanada ingichkaroq korpusda chiqarilishi kutilmoqda, deb yozadi “Komsomolskaya pravda” nashri.

Foto: newsinphoto.ru

Foto: newsinphoto.ru

Apple kompaniyasi yangi iPad planshetlarining taqdimot marosimini 22-oktabrda o‘tkazishi taxmin qilinmoqda. Kutilishicha, shu kuni Apple Mac Pro kompyuteri va OS X Mavericks operatsion tizimi chiqarila boshlanganligini ham rasman e’lon qiladi.

Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, planshetlarning yangi modellari avval ishlatilmagan uchta yangi rangda chiqariladi va ularning korpusi yana ham ingichka bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 10-sentabrda Apple ikkita yangi modeldagi smartfon: noyob 64-bitli protsessor va barmoq izlari skaneriga ega iPhone 5s va rangli plastik korpusli iPhone 5c taqdimotini o‘tkazgandi.