Koreyaning Samsung kompaniyasi Galaxy Round botiq ekranli smartfonini taqdim etdi. Bu haqda The Next Web nashri xabar bermoqda.

SAM_8899_eng-623x424-520x353

Telefon yaqinda chiqarila boshlagan Galaxy Note 3 kabi 5,7 dyuymli va 1080 pikselli ekranga ega bo‘lib, panel eniga bukilgan holatdadir. Qurilma Android 4.3 operatsion tizimida ishlaydi. 2.3 GHZ to‘rt yadroli protsessor va 13 megapikselli kameraga ega. Og‘irligi 154 grammni tashkil etadi.

SAM_8897-665x424-520x331

Galaxy Round’ning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy xislati — undagi “Dumalash effekti” (Roll Effect) bo‘lib, bunda tekis yuzada turgan telefonning egik korpusi bir yonga bosilganda qurilmadagi asosiy ma’lumotlar — javobsiz qolgan qo‘ng‘iroqlar, batareya quvvati kabilar ekranga qalqib chiqadi.

roll effect

“Dumalash effekti”

Yangi qurilma Koreyada shu hafta sotuvga chiqariladi. Narxi 1,09 von (taxminan 1,013 dollar)ni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. Kompaniya yangi mahsulotning chet mamlakatlarga chiqarilishi hali noma’lumligini bildirdi.

Foto © The Next Web