Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda dunyoning turli burchaklarida sodir bo‘lgan avtohalokatlar haqida bir zumda ma’lumot tarqaladi. Halokat ifoda etgan suratlarni ko‘rib, har qanday avtomobil egasi sergak tortishi shubhasiz. Har kuni har birimiz bunday hodisalarga guvoh bo‘lamiz, desak adashmaymiz.

Keling, ijtimoiy tarmoqlardan biriga joylashtirilgan bunday avtohalokat fotosuratlaridan ba’zilariga nazar solamiz.

1

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi halokat. Foto: facebook.com/pages/Autocenteruz/268694873263445

Ushbu suratda Lacetti avtomobilining beton to‘siqqa kelib urilgani aks etgan. Voqea poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lib, guvohlarning so‘zlariga qaraganda, mashina soatiga 100 kilometrdan oshiq tezlik bilan ketayotgan bo‘lgan. Haydovchi va yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Suratga bunday achinarli suratlar odamni ogohlikka chaqirishi, bu kabi ehtiyotsiz haydovchilarga esa guvohnoma berilmasligi kerakligini ta’kidlagan fikrlar bildirilgan.

2

Kichik Halqa yo‘lidagi halokat. Foto: facebook.com/pages/Autocenteruz/268694873263445

Toshkentning Kichik Halqa yo‘lida 20-sentabr kuni Lacetti avtomobili bilan baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi: mashina yonib ketdi. Ushbu postga bildirilgan fikrlarda halokatda hech kimga zarar yetmagani, haydovchining sog‘-omonligi aytilgan.

3

Kabel zavodi yonidagi halokat. Foto: facebook.com/pages/Autocenteruz/268694873263445

Yana bir suratda yopiq shlagbaumdan o‘tib ketishga uringan avtomobilning ahvoli gavdalangan. Voqea 19-sentabr kuni Toshkent Kabel zavodi yaqinida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi ham, yo‘lovchilar ham omon qolgan. Rasmga fikr bildirganlar ichida ko‘pchilik haydovchining shoshqaloqligini tanqid va kulgi ostiga olgan.

Aziz mushtariylar, siz ham mana shunday achinarli avtohalokatlar guvohi bo‘lganmisiz? O‘z taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Agar suratga olishga ulgurgan bo‘lsangiz, unda bizning “Mobil muxbir” ruknimizga xabar jo‘nating, biz uni nashrimizda e’lon qilamiz.

Yuqoridagi suratlar esa avtomobil egalarini biroz bo‘lsa-da ogohlikka chorlashiga umid bildirib qolamiz.