Microsoft kompaniyasi Windows XP operatsion tizimi va Office 2003 ofis dasturlari paketi texnik yordamining tugashiga roppa-rosa yarim yil qolganini ma’lum qilmoqda. Bu haqda VestiFinance xabar berdi.

Windows-XP-81-PKPKV7KP9N-1024x768

Yana olti oydan so‘ng Windows XP boshqaruvidagi kompyuterlarda viruslardan himoyani ta’minlovchi xavfsizlik tizimi yangilanmaydi. Bundan tashqari, xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tuzatishlar va texnik hujjatlarning internet orqali yangilanishi ham to‘xtaydi.

Microsoft mutaxassislari operatsion tizimning yangiroq versiyalariga (Windows 7 yoki Windows 8 ) asta-sekinlik bilan o‘tishni tavsiya qilmoqda. Windows 8 bugungi kunda Microsoft’ning eng yangi versiyadagi operatsion tizimidir. U o‘zida eng zamonaviy dasturlar va xizmatlar, shuningdek, sensorli boshqaruvning keng imkoniyatlarini jamlagan.

Kichik va o‘rta biznes kompaniyalariga yangi dasturiy mahsulotlarga o‘tishda ko‘maklashish maqsadida, Microsoft noyabr oxirigacha Korporativ Windows 8 va Office 365 ni 20 foizli chegirma bilan xarid qilishni taklif qilmoqda. Har bir mijozga mahsulotlarning 249 tadan ko‘p bo‘lmagan litsenziyalari sotilishi mumkin.