Internet tarmog‘ida ekrani va korpusi botiq bo‘lgan LG smartfonining ilk suratlari paydo bo‘ldi. The Verge nashri xabar berishicha, u G Flex deb ataladi va 2013-yilning noyabrida chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda.

lg4

LG G Flex smartfonining dastlabki ko‘rinishi. Foto © The Verge

Ma’lum bo‘lishicha, G Flex organik svetodiodli (OLED) 6 dyuymli egiluvchan ekranga ega bo‘ladi. Biroq, ekran egiluvchan xususiyatga ega bo‘lsa-da, smartfon korpusini egib bo‘lmaydi.

lg1

LG G Flex smartfonining dastlabki ko‘rinishi. Foto © The Verge

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Koreyaning Samsung kompaniyasi Galaxy Round birinchi botiq ekranli smartfonini taqdim etgan edi. Uning paneli eniga bukilgan holatdadir.

lg3

LG G Flex smartfonining dastlabki ko‘rinishi. Foto © The Verge

Galaxy Round’ning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy xislati — undagi “Dumalash effekti” (Roll Effect) bo‘lib, bunda tekis yuzada turgan telefonning egik korpusi bir yonga bosilganda qurilmadagi asosiy ma’lumotlar — javobsiz qolgan qo‘ng‘iroqlar, batareya quvvati kabilar ekranga qalqib chiqadi.

Galaxy Round’dan farqli ravishda, G Flex bo‘yiga egilgan.