“Kun.uz” nashrining “12uz.com” ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, O‘zbekistonda Chevrolet Gentra avtomobilini yig‘ish boshlandi. GM Uzbekistan kompaniyasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda ushbu modelning dastlabki partiyasi Rossiyada sinovdan o‘tmoqda.

1138152-886x500

Foto © publika.uz

Rossiyada ushbu avtomobil Deawoo Gentra nomi bilan sotilishi va unga buyurtmalar shu yilning iyun oyidan qabul qilina boshlanganligi qayd etiladi xabarda. Avtomobilning bahosi esa 399 ming rubl (taxminan 13 ming dollar) etib belgilangan.

Avvalroq, ichki bozorda Chevrolet Lacetti yetkazib berilishi uchun shartnoma tuzgan mijozlarga Chevrolet Gentra rusumi berilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Nashr yozishicha, GM Uzbekistan kompaniyasi Lacetti restaylingi (Gentra’ga aylantirish) uchun 23,4 million dollar sarf etgan.

Aytish kerakki, yurtimizda ishlab chiqarila boshlagan Chevrolet Gentra avtomobilining 90 foizi MDH mamlakatlariga eksport qilinadi.