GM-Uzbekistan zavodida ishlab chiqarilgan Gentra, Nexia vа Matiz avtomobillari Rossiyadagi Avtomobillar sotib olish bo‘yicha imtiyozli davlat kreditlari dasturiga kiritildi. Ushbu dastur bo‘yicha xarid qilinadigan avtomobillar uchun 36 oygacha imtiyozli kreditlar beriladi. Bu haqda UZ-DAEWOO kompaniyasining rasmiy sayti bergan ma’lumotga tayanib, “Mezon” nashri xabar bermoqda.

Foto: avtomobilkredit.ru

Foto: avtomobilkredit.ru

Bundan tashqari, kompaniya rasmiy saytida yozilishicha, shu yilning 15-noyabriga qadar Daewoo Nexia avtomobilini sotib oluvchilarga 50 ming rubl, Matiz avtomobilini sotib oluvchilarga esa 30 ming rubl miqdorida chegirma beriladi.

GM-Uzbekistan zavodida ishlab chiqarilgan avtomobillar Rossiya bozorida UZ-DAEWOO savdo belgisi ostida sotilmoqda. 2012-yilda Rossiyada 88 ming 232 dona o‘zbek avtomobili sotilgan edi, deb eslatib o‘tadi Mezon.