So‘nggi bir necha yil davomida Xitoy avtomobillariga Markaziy Osiyoda talab yuqori bo‘ldi. Biroq hozirgi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya bilan chegaradosh Sinzyan-Uyg‘ur avtonom tumani orqali amalga oshiriladigan eksport hajmi keskin tushib ketdi. Bu haqda “Mezon” nashri ma’lum qildi.

Foto: europe-today.ru

Foto: europe-today.ru

Urumchi bojxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar—sentabr oylarida 15 ming 762 ta avtomobil eksport qilingan. Bu esa o‘tgan yilgi ayni shu davrga nisbatan 10,5 foizga kam degani. Narx ko‘rsatkichlaridagi pasayish 15,2 foizni tashkil etdi. Shu yilning avgust oyida eng kam — bor-yo‘g‘i 1 ming 579 ta avtomobil eksport qilindi.

Eksport hajmining bunday tushishiga xalqaro bozordagi texnik cheklovlar va xitoy yuan qiymatining doimiy oshishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Ta’kidlash joiz, Xitoy avtomobillarining eksporti bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda.