Toshkentda Chevrolet Orlando avtomobilining paydo bo‘lgani haqida Autocenter.uz mushtariylaridan biri xabar bermoqda. U ilova qilgan suratda ushbu avtomobilning davlat raqamsiz, uning o‘rniga, “Orlando” yozuvi bilan poytaxtimiz ko‘chalarida sayr qilayotganligi o‘z ifodasini topgan.

1000354_374253522707579_27429296_n

Foto © facebook.com/pages/Autocenteruz

Chevrolet Orlando General Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan Chevrolet Cruze platformasidagi besh eshikli va yetti o‘rindiqli oilaviy kompaktvendir. Ushbu avtomobil birinchi marotaba 2008-yilda Parijdagi avtosalonda konsept-kar ko‘rinishida namoyish etilgan, 2010-yildan boshlab seriyali ishlab chiqarila boshlagan. Chevrolet Orlando GM'ning Koreya, Vyetnam va Rossiyadagi bo‘limlarida yig‘iladi. Avtomobilning Rossiyadagi narxi 23 800 AQSh dollaridan boshlanadi.

Chevrolet-Orlando-Exterior-Design-picture-980x477-11CHIMGOR013EUR-mrm

Foto © chevrolet.ru

Avtomobilning shahrimizda davlat raqami o‘rniga mashina nomi tushirilgan belgi bilan yurganidan, uning sinov uchun chiqarilgan bo‘lishi mumkinligi haqida taxminlar paydo bo‘ldi. Ayni paytda Chevrolet Orlando’ni GM Uzbekistan ishlab chiqarish-chiqarmasligi haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

IMG-20130519-WA0001

Chevrolet Orlando Toshkentda

IMG-20130519-WA0000

Chevrolet Orlando Toshkentda