O‘zbekistonning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi Rossiyaga avtomobil eksportini qisqartirdi. Bu haqda “12uz” nashri xabar bermoqda.

4408742552_e3e7f14771_o

Foto © bibi.uz

Yevropa tadbirkorlik uyushmasi Avto ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2013-yilning yanvar—oktabr oylarida Rossiyada 49 014 dona GM Uzbekistan avtomobillari sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 33 foizga kamdir.

Avvalroq GM Uzbekistan QK 2013-yilning yanvar—sentabr oylarida ishlab chiqarishni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,7 foizga oshirgani ma’lum bo‘lgan edi (192,182 ta avtomashina).

Ta’kidlash joiz, ayni paytda eng ko‘p ishlab chiqarilayotgan avtomashina markasi Cobalt’dir (yanvar—sentabrda 48 273 ta). Undan keyingi o‘rinlarni Nexia (46 562), Matiz (27031), Lacetti (23 636) egallagan.