Avstriyada farrosh robot oshxona plitasida o‘zini-o‘zi kuydirib yubordi, deya xabar bermoqda Daily Mail nashri.

irobot-roomba-780

Foto © tehnostart.ru

Ma’lum bo‘lishicha, uy egasi robotga stol ustidagi ushoqlarni tozalab olish buyrug‘ini bergan. Buyruq bajarilgach, robotni o‘chirib, o‘sha yerda qoldirgan. Xo‘jayini xotini va bolalari bilan chiqib ketgach, robot qayta yongan va stolga yondosh turgan plita ustiga o‘tib, o‘sha yerda turavergan. Avtomatik ravishda yongan plita robotni kuydirib yuborgan.

article-0-195D4A0A00000578-895_634x475

Foto © dailymail.co.uk

Robotning egasi qaytib kelganida uyning tutun bilan to‘lganini ko‘rib, zudlik bilan o‘t uchiruvchilarga xabar berganini ma’lum qildi. Chiqib ketayotganida robotning o‘chiq turganini ishonch bilan ta’kidlayotgan uy egasi, uning qanday qilib qayta yonib, plita ustiga o‘tib olganidan xabari yo‘qligini bildirmoqda.

Avstriya OAVlari hodisaga “robotning o‘z joniga qasd qilishi” deya nom berib, buni tinmay tozalayverishdan bezor bo‘lgani natijasida amalga oshirganini taxmin qilmoqda.

Farrosh robotning egasi uni ishlab chiqargan kompaniyani ishonchsiz qurilma sotgani uchun sudga berish niyati borligini bildirdi.