Ko‘pchilikning sevimli o‘yiniga aylanib ulgurgan Candy Crush Saga’ning ommabopligi hech kimga sir emas. Biroq u qanday darajada ommabop ekanligidan hamma ham xabardor bo‘lmasa kerak. The Verge nashrining ma’lum qilishicha, ushbu o‘yin Facebook, iOS va Android’da 500 million martadan ko‘proq yuklab olingan.

saga

O‘yinni ishlab chiqqan studiya — 'King' Facebook ijtimoiy tarmog‘ining har 23-foydalanuvchisi Candy Crush Saga’ning ishqibozi ekanligi haqida xabar berdi.

Ayni kunlarda dasturning mobil versiyalari o‘zining bir yillik to‘yini nishonlamoqda. Kompaniyaning esa yaqin orada fond birjasida o‘z aksiyalari savdosini boshlashi kutilmoqda.

Candy Crush Saga – Android platformasidagi smartfonlar uchun mo‘ljallangan eng yaxshi ko‘ngilochar o‘yinlardan biri. U kichiklarni o‘zining yorqin va rang-barang grafikasi, oddiy harakatlari bilan; kattalarni esa, strategik o‘ylashga majbur qiluvchi topshiriq va boshqotirmalari bilan jalb qilishi shubhasiz.