Toshkent viloyatining Pskent tumanidagi “Janubiy” avtopoligonida avtomobil halqa poygasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda qirq nafar sportchi ishtirok etdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

1452182_378542568945341_305822488_n

Foto © facebook.com/pages/Autocenteruz

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi hamda O‘zbekiston milliy avtomobil federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada sportchilar avtopoyganing uch turi – A-8-1600, A-9-2000 hajmli va milliy avtomobillar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Bellashuvning barcha yo‘nalishlarida poytaxtlik sportchilar – Rustam Mamatqulov, Jahongir Yormatov va Rustam Muhamedov boshqargan avtomobillar marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi.

G‘oliblarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.