Apple kompaniyasi Rossiyada kompyuterlar, o‘quv qo‘llanmalari, ta’lim hamda alkogolsiz ichimliklar va pivo bilan bog‘liq bir necha kategoriyalar bo‘yicha “Yabloko” va “Eppl” mahsulot belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishga ariza berdi. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar bermoqda.

apple-russian-trademark-528c06b8ed779

Foto © TJournal

Biroq Rossiyada “Yabloko” mahsulot belgisiga ega bo‘lgan tashkilot allaqachon mavjud: Sergey Mitroxin yetakchiligidagi “Yabloko” siyosiy partiyasi.

Mutaxassislarning fikricha, ikkala “Yabloko”ning mahsulotlari toifasi bir xil bo‘lib chiqqan taqdirda Intellektual mulk bo‘yicha federal xizmat — Rospatent Apple’ga rad javobi berishi mumkin. Agar “Yabloko” siyosiy partiyasi Rospatentga ikkala kompaniya sohalari boshqa-boshqa ekanligi va Apple ushbu mahsulot belgisidan foydalanishi mumkinligi haqida ruxsat xati yuborsa, ro‘yxatdan o‘tishga erishish mumkin. Buning uchun Apple partiya bilan muzokaralar olib borishi mumkin.

Biroq, “Yabloko” yetakchisi Sergey Mitroxin Apple’ga yon bosish niyati yo‘qligini bildirdi. “Siyosiy brendning tijorat brendi bilan bir xili bo‘lishiga qarshimiz va oxirigacha qarshi turamiz”, — dedi u.