LG’ning “aqlli” televizorlari foydalanuvchilarni yashirin nazorat qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda HabraHabr xabar bermoqda.

smart-tv-spy-shutterstock_135544436

Foto © redorbit.com

Xabarga ko‘ra, foydalanuvchilardan biri yaqinda xarid qilgan LG SmartTV’ning ba’zi xususiyatlaridan hayratga tushgan. Xususan, televizorda telekanallar yoki tashqi manbalar (USB) orqali u tomosha qilayotgan ko‘rsatuv yoki filmlar mavzusiga bog‘liq reklamalar berilayotganiga e’tibor qaratgan.

0cabd3a368872bbad16e6438e735b3c7

Foto © habrahabr.ru

Muallif bu borada izlanish olib borib, LG Smart Ad (LG “aqlli” reklamasi) imkoniyatlari bilan tanishgan. Ma’lum bo‘lishicha, foydalanuvchining sevimli ko‘rsatuvlari, kanallari, ko‘radigan filmlari haqida axborot to‘planib, LG serveriga yuboriladi. Olingan ma’lumotlar tahlil qilinib, har bir foydalanuvchining didiga mos bo‘lgan reklamalar namoyish etiladi.

Muallif LG’ning bunday siyosatidan — shaxsiy hayoti yashirin kuzatilayotganidan noroziligini bildirib, kompaniyaga xat yuborgan. Unga javoban, foydalanuvchining televizorni xarid qilish bilan undan foydalanish qoidalari va shartlariga rozilik bildirganini, xariddan avval ular bilan tanishib ko‘rishi kerakligini ma’lum qilishgan.