Apple kompaniyasi Kupertino shahridan (AQSh, Kaliforniya) uchar likopcha ko‘rinishidagi yangi binosini qurish uchun ruxsat olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

o-APPLE-facebook

Foto © The Verge

Shahar kengashi 71 gektardan ortiq (176 akr) maydonga ega yangi bino qurilishiga rasman ruxsat berdi. Binokorlik ishlari yil oxirida Hewlitt-Packard ofisi imoratlarining buzilishi bilan boshlanadi. Yangi ofisni qurish Apple’ga Kupertino shahri bilan 20 yillik taraqqiyot bitimiga kirish va shaharga to‘lanadigan soliq miqdorini ko‘paytirish majburiyatini yuklaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2011-yilda Stiv Jobsning o‘zi ushbu bino ko‘rinishini uchar likopchaga o‘xshatgan. Aylana shaklidagi ofisga diametri 360 metr (1200 fut) bo‘lgan quyosh paneli joylashtirilishi, uning dunyoda eng katta bo‘lishi kutilmoqda.

Apple kompaniyasi xodimlari 2016-yilning o‘rtalarida yangi ofisga ko‘chishi rejalashtirilgan.