Dunyodagi eng yirik onlayn savdo maydoni bo‘lmish Amazon Motorola’ning oq hamda qora korpuslardagi Moto X modellarini 1 sentdan sotmoqda. Bu haqda The Verge xabar berdi.

sgdffhb

Foto © The Verge

Ushbu smartfonni Verizon firma do‘konlaridan 99,99 dollarga xarid qilish mumkinligini hisobga olganda, Amazonning yangi taklifi juda “maftunkor”dir. Biroq Moto X’ni 1 sentga sotib olish orqali Verizon bilan ikki yillik shartnomaga rozilik beriladi.

Xarid qilingan telefon operatsion tizimini Android’ning KitKat versiyasigacha yangilab olish ham mumkin.