AQShning Sinsinatti universiteti tadqiqotchilari yorug‘likni elektrsiz olish imkonini beruvchi yangi texnologiyani ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda LookAtMe nashri.

smartlight-1

Suratda quyosh nurining yorug‘lik yetib bormaydigan xonalarga yo‘naltirilishi ifodalangan. Foto © gizmag.com

SmartLight (“aqlli yorug‘lik”) deb atalgan ushbu texnologiya quyosh energiyasi yordamida ishlaydi, biroq olimlar qurilma ishlashi uchun quyosh batareyalari talab etilmasligini ta’kidlamoqda.

3021737-inline-inline-ucsmartlightdiagram

Foto © fastcoexist.com

Deyarli har kuni turar-joy va ishxona derazalariga quyosh energiyasi yetib keladi. SmartLight texnologiyasi ushbu energiyani suyuqlik bilan to‘ldirilgan kataklardan iborat qurilma yordamida saqlab oladi. Olingan yorug‘lik esa binoning yoritilishi kerak bo‘lgan hududiga bevosita yo‘naltiriladi. Energiyani bulutli kunlar uchun olib qo‘yish ham mumkin. Yorug‘likni taqsimlash uchun esa smartfondan foydalanish kifoya.

Tadqiqotchilar hozircha o‘z loyihasini kichik ko‘lamda sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazishga erishgan bo‘lsa-da, ular mazkur texnologiyaning yirik binolarda ham ish berishiga ishonchi komil. SmartLight yoritishning nafaqat ekologik toza, balki arzon vositasi bo‘lishi kutilmoqda.