Bugungi kunda mamlakatimiz avtoyo‘llarida tezlik o‘lchash moslamalariga tez-tez duch kelish mumkin. Ko‘pchilik haydovchilar bunday radarlar kutilmagan joylarga o‘rnatilganiga guvoh bo‘lganini ta’kidlaydi.

t_308638

Foto © apollo.lv

Xo‘sh, aslida tezlik o‘lchash moslamalari qaysi joylarda ishlatiladi?

“Avtohamroh” jurnalining oydinlik kiritishicha, tezlik o‘lchash moslamalari sodir etilayotgan qoidabuzarliklar, tezlik bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari tahlilidan kelib chiqqan holda, yuqori tezlik cheklangan hududlarga o‘rnatiladi.

Hozirgi kunda yurtimizda foydalanilayotgan fotoradar moslamalari nazorat hududida belgilangandan yuqori tezlikda harakatlangan transport vositasini avtomatik tarzda suratga oladi. Suratda harakat tezligi, huquqbuzarlik sodir etilgan sana, vaqt va joy aks etadi.

Fotoradar kompleksi qoidabuzarlikni fotoga qayd qilish hamda fotosurat va ma’lumotlarni radiokanal orqali 1,5 kilometr uzoqlikdagi mobil postga uzatib berish imkoniyatiga ega.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, texnik vositalar yordamida aniqlangan qoidabuzarlik haqidagi fotosurat yoki videotasvir huquqbuzarning talabiga ko‘ra unga ko‘rsatilishi mumkin.