GM Uzbekistan kompaniyasi 2014-yilning birinchi choragidan O‘zbekistonda Chevrolet Orlando minivenini ommaviy ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga asoslanib “Kun” nashri xabar bermoqda.

Chevrolet Orlando

Chevrolet Orlando

Axborot agentligi O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatidagi yangi model haqida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifiga doir xabarda ma’lum qilgan. Agentlikning qayd etishicha, Turkmaniston prezidenti 26-noyabr, seshanba kuni, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan birga Toshkent shahridagi GM Powertrain Uzbekistan zavodiga tashrif buyurgan.

Berdimuhamedov zavod hududiga ko‘rgazmaga qo‘yilgan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar, yuk mashinalari, traktorlar va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan tanishgan.

Chevrolet Orlando

Chevrolet Orlando

“Gurbanguli Berdimuhamedovda GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi tomonidan yangi o‘zlashtirilgan Chevrolet Orlando oilaviy miniveni katta taassurot qoldirdi. 2014 yilning birinchi choragidan mazkur minivenni keng ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi”, – deya xabar bermoqda O‘zA.

O‘zbekistonda Chevrolet Orlando ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida ilk xabarlar noyabr oyi boshlarida paydo bo‘lgan, keyinchalik, miniven bilan birgalikda yangi sedan – Chevrolet Impala ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi.

Chevrolet Orlando

Chevrolet Orlando

Ma’lumot uchun, 22-noyabrdan GM Uzbekistan o‘zbekistonlik xaridorlar uchun Rossiyada Gentra deb tanishtirilgan yangilangan Lacetti’larni sotishni boshladi.