Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Selta”ga qarshi uchrashuvda Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 271-o‘yinida 400-golini urdi. The Telegraph xabariga ko‘ra, futbolchi ushbu golini avsonaviy futbolchi Eysebioga bag‘ishladi.
Krishtianu Ronaldu. AP Photo/Frank Augstein
Krishtianu Ronaldu: 170 uchrashuvda bittadan, 75 bahsda ikkitadan, 24 uchrashuvda uchtadan va yana ikkita o‘yinda to‘rttadan gol urgan.
175 ta gol birinchi bo‘limda, 224 ta gol ikkinchi bo‘limda va yana bitta gol qo‘shimcha bo‘limda urilgan. Gollarning 162 tasi o‘ng oyoqda, 75 gol chap oyoqda va 62 tasi bosh bilan urilgan.
“Sporting” safida beshta gol, 118 ta gol “Manchester Yunayted” safida, 230 ta gol “Real Madrid” libosida va 47 ta gol Portugaliya termasida urilgan.
Ronaldu 342 golini “7” raqamli futbolka ostida, 33 golini “9” raqamli futbolka, 20 golini “17” raqamli libosda va yana beshta golini “28” raqamli libosda urgan.
207 ta gol Ispaniyada, 111 gol Аngliyada, 28 ta gol Portugaliyada, beshtasi Germaniya, Gollandiya, Shveysariya va Turkiyada qayd etilgan. Qolgan davlatlarda beshtadan kamroq to‘p kiritgan.