Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi 7-musiqa va san’at maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009—2014-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi asosida iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, boshlang‘ich musiqiy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zA xabariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida ham 2013-yilda uchta yangi musiqa va san’at maktabi barpo etildi.

Oqoltin tumanidagi musiqa va san’at maktabining yangi binosi ikki milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga bunyod etildi. 150 o‘ringa mo‘ljallangan bu ikki qavatli bino yosh san’at ixlosmandlariga o‘ziga xos bayram sovg‘asi bo‘ldi. Maktabda xoreografiya, teatr san’ati, milliy cholg‘u asboblari, estrada yo‘nalishlarida tahsil olish uchun barcha zamonaviy sharoitlar mavjud.