2013-yil yakunlariga ko‘ra, Yaltaga sarmoya kiritgan asosiy mamlakatlar qatoridan O‘zbekiston ham o‘rin oldi. O‘tgan yilda mazkur investorlardan Rossiya 273,8 mln AQSh dollari miqdorida, Britaniya Virgin orollari 114,3 mln, Kipr esa 26,9 mln AQSh dollari miqdorida Yaltaga investitsiya kiritgan. Anons.uz saytining yozishicha, Qrimdagi “O‘zbekiston” sog‘lomlashtirish majmuasi rekonstruksiyasiga hamda u yerda yangi pansionatlar barpo etilishiga mamlakatimiz o‘tgan yili 25,4 mln AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritgan.

Yalta. Foto: newcrimea.org.ua

Yalta. Foto: newcrimea.org.ua

Eslatib o‘tamiz, Yaltadagi “O‘zbekiston” sanatoriysi Qrimning eng birinchi shifo maskanlaridandir. U 1924-yili Buxoro amirining yozgi qarorgohi negizida ish boshlagan. Bu sanatoriy O‘zbekiston Respublikasining mulki hisoblanadi. U Yaltadagi Mogabi tog‘i yonbag‘ridagi qadimiy xiyobonlardan birida, mashhur Uchan-Su sharsharasi yaqinida joylashgan.