“Atletiko Mineyro” klubi hujumchisi Ronaldinyo, “Beshiktosh” klubi bilan 2,5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi, deya xabar beradi Sports.ru internet-nashri.
Ronaldinyo. AP Photo/Luca Bruno
Manbaning xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi yangi klubida 10 milliondan 15 million yevrogacha maosh oladi.
Avval berilgan xabarlarda “Beshiktosh” Ronaldino uchun 5 million yevro berishga tayyor ekanligi aytib o‘tilgan edi.