Samarqandda viloyat hokimligi tashabbusi bilan archalar, binolar va ko‘chalar tanlovi e’lon qilingan edi. An’anaviy Yangi yil tanlovida qadimiy va navqiron shaharning barcha mahallalari, korxona-tashkilotlari ishtirok etdi, deb yozadi Gazeta.uz.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Shartlarga ko‘ra, eng chiroyli bezatilgan archa, eng ko‘rkam bino va namunaviy ko‘cha aniqlanishi lozim edi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Sartepa dahasida “SamAvto” kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan archa eng chiroyli, deb tan olindi.

Eng ko‘rkam bino sifatida esa xususiy tadbirkor Mirza To‘raqulovning Universitet shohko‘chasida joylashgan korxonasi binosi qayd etildi.

“Samarqand-Nur” korxonasi tomonidan bayramona ruhda yoritilgan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi esa namunaviy ko‘cha nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Bu yerdagi archani ham ushbu korxona o‘rnatgan edi.