O‘zA xabar berishicha, 2013-yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra “Ipotekabank” tomonidan Toshkent shahri va viloyat markazlarida yosh oilalar uchun 1272 xonadonli 37 ko‘p qavatli uy qurib bitkazilgan. Shuningdek, yosh oilalarga uy-joy qurish, ta’mirlash va maishiy turmush sharoitini yaxshilash uchun 30,4 milliard so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Mazkur bank yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida, xususan, uzoq muddat foydalaniladigan zarur anjomlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari xarid qilish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, to‘y marosimlarini o‘tkazish uchun ham ko‘plab sarmoyalar ajratmoqda. O‘tgan yili bank tomonidan yosh oilalar va muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlarga 9,8 milliard so‘m iste’mol krediti ajratildi.