Yosh avlodning bilimini mustahkamlab borishda fan olimpiadalarining o‘ziga xos o‘rni bor. O‘zA xabariga ko‘ra, poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 208-maktabda ham navbatdagi olimpiadalar bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Bu yerda mazkur tumandagi 34 ta maktabdan kelgan 524 nafar 9-sinf o‘quvchisi o‘zaro bellashdi. Ular 17 fan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyoti, xorijiy tillar, matematika, fizika, biologiya, kimyo, geografiya, informatika va tarix kabi fanlar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.