Xalqaro Futbol Federatsiyasi (FIFA) bosh kotibi Jerom Valke 2022-yilgi jahon chempionati qishda bo‘lish ehtimoli katta ekanligini aytib o‘tdi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.

Foto: EPA/MARCELO SAYAO

Foto: EPA/MARCELO SAYAO

“Qatardagi jahon chempionatining final bosqichi, avval rejalashtirilganidek 2022-yilning yozida emas, 15-noyabr va 15-yanvar oralig‘ida bo‘lishi mumkin”, — dedi Valke.

2022-yil o‘tkaziladigan chempionatni yozdan qishga ko‘chirish haqida ko‘pgina futbol mutaxassislari, jumladan FIFA prezidenti Yozef Blatter ham o‘z fikrlarini bildirgan edi. Mundial o‘tkaziladigan paytni o‘zgartirishning asosiy sababi yoz oylarida Qatarda havo harorati +50 darajagacha ko‘tarilishidir.

Chempionat bo‘lib o‘tadigan kunlar haqida qaror FIFA ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilinadi. Yig‘ilish esa, o‘z navbatida, 2014-yil dekabr oyidan avval o‘tkazilmaydi.