Сoachworldranking.com sayti 2013-yilning terma jamoalar eng yaxshi murabbiylari reytingini e’lon qildi.

Foto: Vesti.kz

Foto: Vesti.kz

Unga ko‘ra, reytingning kuchli 100taligiga ikki nafar o‘zbekistonlik murabbiy kiritilgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Mirjalol Qosimov 3107 ochko bilan 100-pog‘onani band etib turibdi. 2012-yil reytingida Qosimov 95-o‘rinni band etgan.

Ushbu ro‘yxatning 91-pog‘onasidan O‘zbekiston terma jamoasining sobiq murabbiyi Vadim Abramov o‘rin egallagan. Abramov o‘tgan yili reytingning 93-pog‘onasidan joy olgan edi.

Umumiy reytingning birinchi pog‘onasini Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske 25188 ochko bilan egallab turibdi. Keyingi o‘rinlarda Germaniya termasi ustozi Yoaxim Lyov va Urugvay termasi bilan 2014-yil jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Oskar Tabarez borishmoqda.

2009—2010-yillarda “Bunyodkor” klubiga murabbiylik qilgan Luis Felipe Skolari reytingda 26-o‘rinni band etib turibdi.