Hamyurtimiz Ravshan Ermatov Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi — IFFHS reytingida 8-o‘rinni egalladi. Angliyalik Xovard Uebb esa 2013-yilning eng yaxshi hakami deb topildi. Bu haqda soccer.ru xabar berdi.
Uebb 2010-yilda ham ushbu nomga sazovor bo‘lgan, 2009–2012-yillarda esa reytingda ikkinchi o‘rinni olgan edi.
Ravshan Ermatov. AP Photo/Themba Hadebe
IFFHS talqiga ko‘ra 2013 yildagi eng kuchli 10ta hakam:
- Xovard Uebb (Angliya) - 102 ball
- Nikola Ritssoli (Italiya) - 82
- Viktor Kashshai (Vengriya) - 53
- Feliks Brix (Germaniya) - 42
- Juneyt Chaqir (Turkiya) - 40
- Born Kuypers (Gollandiya) - 38
- Pedro Proyensa (Portugaliya) - 35
- Ravshan Ermatov (O‘zbekiston) - 29
- Karlos Velasko Karbalo (Ispaniya) - 22
- Janluka Rokki (Italiya) - 17
Eslatib o‘tamiz, “Zarafshon“ konsert zalida O’zbekiston futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimida Ravshan Ermatov 8-marta O’zbekistonning eng yaxshi hakami sifatida e’tirof etilgan edi, deb yozadi “Kun” nashri.