Xalqaro futbol tarixi va statiskasi federatsiyasi (IFFHS) talqiniga ko‘ra Myunxenning “Bavariya” klubi 2013-yilning eng yaxshi jamoasi deb topildi. Bu haqda championat.com xabar berdi.
Xalqaro futbol tarixi va statiskasi federatsiyasi veb-sayti
“Bavariya”dan tashqari kuchli beshlikdan Madridning “Real” va “Atletiko” klublari, Londonning “Chelsi” klubi va “Barselona” joy olgan.
Bundan ko‘rinib turibdiki, Ispaniyaning eng yaxshi klubi — “Real Madrid” (2-o‘rin), Angliyaning eng yaxshisi — “Chelsi” (3-o‘rin), Fransiyaning eng kuchlisi deb — PSJ (6-o‘rin), Portugaliyaning eng yaxshi klubi — “Benfika” va Rossiyaning eng yaxshi klubi deya umumiy ro‘yxatning 11-o‘rinidan joy olgan “Rubin” tan olingan.
Osiyoning eng kuchli jamoasi deb “Guangzhou Evergrande FC” tan olingan. Xitoy jamoasi 178,50 ball jamg‘argan va 34-pog‘onani band etgan. Osiyoning kuchli o‘ntaligini Jiddaning “Al-Ahli” jamoasi yakunlab beradi.
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi esa 97,50 ochko bilan 172-pog‘onani egallagan. Osiyo Chempionlar Ligasida vatanimizning “Bunyodkor” jamoasini mag‘lub etgan Tailandning “Buriram United” klubi 109-o‘rinni band etgan.
Toshkentning boshqa klubi, “Paxtakor”, reytingdagi klublar qatoriga kirmagan.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalchisi, Marokashning “Raja Kasablanka” jamoasi toshkentlik “qaldirg‘ochlar” bilan bir xil ochko to‘plashga erishgan va 172-o‘rinni bo‘lib olgan.
IFFHS talqiniga ko‘ra eng yaxshi klublar reytingi:
- “Bavariya” (Germaniya) — 370 ball
- “Real” (Ispaniya) — 290
- “Chelsi” (Angliya) — 273
- “Atletiko” (Ispaniya) — 251
- “Barselona” (Ispaniya) — 247
- “PSJ” (Fransiya) — 240
- “Bazel” (Shveysariya) — 239
- “Atletiko Mineyro” (Braziliya) — 238
- “Tottenxem” (Angliya) — 238
- “Benfika” (Portugaliya) — 232