O‘zbekistonlik kurashchilar Rashid Qurbonov (yunon-rim kurashi, 74 kg) va Elmurot Tasmuradov (erkin kurash, 60 kg) Xalqaro kurash federatsiyasi (FILA) tomonidan jahonning eng kuchli kurashchilari uchligiga kiritdi. Bu haqda FILA xabar berdi.

Foto: FILA

Foto: FILA

Polvonlar o‘tgan yili Hindistonning Nyu-Deli shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘ldi. Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medallari sovrindorlari bo‘ldi. Bundan tashqari, Qurbonov Ozarboyjonning Boku shahrida o‘tkazilgan Oltin Gran-pri musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Kurashchilarning yangilangan reytingi 2013-yil mobaynida o‘tkazilgan barcha rasmiy musobaqalar (Osiyo va jahon chempionati, Oltin Gran-pri musobaqalari)  yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan.