“Manchester Yunayted” qishgi transfer oynasi vaqtida braziliyalik futbolchilar hisobiga tarkibini kuchaytirib olmoqchi. Bu haqida “Sport-ekspress” xabar berdi.

Everton Ribeyru. Foto: ning.com

Everton Ribeyru. Foto: ning.com

Angliya chempionlari Braziliyaning “Kruzeyro” jamosining ikki futbolchisi: himoyachi Dede va yarim himoyachi Everton Ribeyrularga qiziqish bildirmoqda. Everton Braziliya chempionatining 2013-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. Futbolchilarning umumiy qiymati 15 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.