Facebook’ ijtimoiy tarmog‘idagi Miss Globe Uzbekistan sahifasining xabar berishicha, Miss Globe International-2014 go‘zallik tanlovida O‘zbekistondan Nargiza Davidova qatnashyapti. U tanlovning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Nargiza Davidova. Foto: www.facebook.com

Nargiza Davidova. Foto: www.facebook.com

Miss Globe International tanloviga 1925-yilda Turkiyada asos solingan. Tanlov ishtirokchilarini 18 yoshdan 24 yoshgacha bo’lgan turmush qurmagan qizlar tashkil etadi. Tanlov bu yil 89-marta o‘tkazilyapti.

O‘zbekistonda “Miss Globe International” tanlovini ProModel xalqaro moda agentligi va ProArt Center of Performing Arts kompaniyasi taqdim etadi.