Chikago markazida amerikalik erkak mobil telefonini daryodan olaman, deb cho‘kib ketdi. Bu haqda Chicago Sun-Times nashri xabar beradi.

Chikago daryosi. Foto: www.goodfon.ru

Chikago daryosi. Foto: www.goodfon.ru

Voqea 13-yanvar kechasi Stritervill tumanida sodir bo‘ldi. Sent-Pol shahrida istiqomat qiluvchi 26 yoshli erkak Chikago daryosiga telefonini tushirib yubordi. Uni olishga harakat qilib, qirg‘oqdagi muzda toyib ketdi va suvga yiqildi. Uning do‘stlari: 23 yoshli yigit va 21 yoshli qiz ham unga yordam berishga urinib, daryoga tushib ketdi.

Yo‘lovchilar chaqirgan qutqaruvchilar ikki erkakni suvdan chiqardi. Ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Shifokorlarning so‘zlariga qaraganda, ikkinchisining hayoti xavfdan holi.

Ularning hamrohi bo‘lmish 21 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi. Uni qidirish ishlari ob-havo sharoiti tufayli 14-yanvar tongiga (Toshkent vaqti bilan kechquruniga) qadar to‘xtatildi.