Florida shtati Uesli Chepel shahri kinoteatrida film tomosha qilib o‘tirgan tomoshabinlardan birining telefonda gaplashishi atrofdagi odamlarning jahlini chiqardi va janjal tufayli otishma boshlanib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.

Kinoteatr politsiya xodimlari tomonidan yopib qo‘yilgan. Foto: www.baynews9.com

Kinoteatr politsiya xodimlari tomonidan yopib qo‘yilgan. Foto: www.baynews9.com

Tampa Bay Online portalining ma’lum qilishicha, kinoteatrda yuz bergan otishma tufayli bir kishi halok bo‘lgan. Avvalroq, ikki kishi yaralangani haqida ma’lumot berilgandi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qotillikda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi. Marhumning rafiqasi esa shifoxonaga yotqizildi.