17-yanvar kuni “City Palace” mehmonxonasining konferens-zalida Mega Aksiyaning g‘oliblarini mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi. OAV vakillari ishtirokida “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev ularni yutuq bilan tabrikladi va sovg‘a sertifikatlarini topshirdi.

Matbuot anjumani. Foto: Beeline

Matbuot anjumani. Foto: Beeline

Navoiy viloyatidan Hakim Nazarov, Sirdaryodan Abduaziz Karimov, Jizzaxdan Sabirdin Normatov, Xorazmdan Azat Sapayev, Namangandan Matluba Rahmatullayeva, Buxorodan Bahodir Abdullayev, Surxondaryodan Xo‘jamurod Haitov, Samarqanddan Zulayho Muxtorova, Andijondan Go‘zalxon Yaminjonova, Qashqadaryodan Dilobar Berdiyorova, Farg‘onadan Avazjon Xo‘jayev, Toshkentdan Ilyosjon Mirzaumarov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Janar Baltenova avtomobil sohiblariga aylandi.

Avtomobil g‘oliblari. Foto: Beeline

Avtomobil g‘oliblari. Foto: Beeline

Bosh sovrin Chevrolet Spark avtomobili. Foto: Beeline

Bosh sovrin Chevrolet Spark avtomobili. Foto: Beeline

Eslatib o‘tamiz, Beeline aloqa operatori 2013-yilda Mega Aksiya yutug‘i uchun 13 ta Chevrolet Spark avtomobilini qo‘ygan edi. 27-dekabr kuni “Yoshlar” telekanalining jonli efirida avtomashinalar o‘z egalarini topgan edi.