Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan patrul-post xizmatining militsioner-kinologi Abdurashid Umrzoqov vafotidan so‘ng “Mardlik” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda “Podrobno” nashri xabar berdi.

Foto: xs.uz

Foto: xs.uz

Abdurashid Umrzoqov Yangi yil arafasida Namanganda xavfli jinoyatchini qo‘lga olish paytida jiddiy jarohat olgan edi. Shifokorlarning urinishlariga qaramasdan, serjant pichoq orqali yetkazilgan jarohati tufayli halok bo‘ldi. Uning qotili o‘sha kuni huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi.

Abdurashid Umrzoqov 34 yoshda bo‘lib, uch o‘g‘ilning otasi edi.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 117 kishi taqdirlandi.