O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqulodda va muxtor elchisi hamda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari Vladimir Norov 15-yanvar kuni Yevroittifoq Prezidenti Xerman van Rompey bilan uchrashdi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Jahon” axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimiz vakili Xerman van Rompeyga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Vladimir Norov (chapda) va Xerman van Rompey Foto: consilium.europa.eu

Vladimir Norov (chapda) va Xerman van Rompey
Foto: consilium.europa.eu

Marosim davomidagi suhbat chog‘ida mamlakatimiz va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy va savdo-iqtisodiy sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama etildi. O‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, siyosiy va iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, madaniy aloqalar va turizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi.

“Gazeta.uz” nashrining yozishicha, Vladimir Norov 2013-yilning yozidan buyon O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi lavozimida ishlab kelmoqda.