Olimlar birinchi marta O‘zbekistonda qor qoplonlari borligi haqidagi fotoisbotni qo‘lga kiritdi. Qoplonlar Hisor qo‘riqxonasidagi fototuzoqqa tushgan, deb xabar berdi Jahon yovvoyi tabiat fondi.

O‘zbekistondagi qor qoploni. Foto: wwf.ru

O‘zbekistondagi qor qoploni. Foto: wwf.ru

O‘tgan yilning oxirida o‘rmon nazoratchilari va Hisor qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari Jahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) ning Rossiya bo‘limi va Panthera jamg‘armasi yordamida hayvonlarni ro‘yhatdan o‘tkazish uchun fototuzoqlar qo‘yishgan edi. Suratga olish kutilmagan natijalarni ko‘rsatdi: fotokameraga ikkita qoplon “tushdi”.

Bu holat juda muhim hisoblanadi. Chunki hozirgacha O‘zbekistonda qoplonlar borligi faqatgina ularning izlaridan, o‘ljaning qoldiqlaridan aniqlangan. Olingan suratlar o‘rmon nazoratchilariga qoplonlarni ro‘yxatga olish va brakonyerlikka qarshi kurashga yordam beradi. Qo‘riqxona xodimlari kelajakda yana fototuzoqlardan foydalanishni rejalashtirgan.

Foto: wwf.ru

Foto: wwf.ru

Qoplonlardan tashqari, fototuzoqqa tog‘ echkisi va qobon (yovvoyi cho‘chqa) ham tushgan. Ushbu hayvonlar qoplonning asosiy ozuqasi hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatda qoplonlarni asrashni kafolatlashga sabab bo‘ladi.

Qor qoplonlari kam uchraydigan, oz sonli hayvon turi hisoblanadi. Hozir yovvoyi tabiatda ularning 3000 dan ortiq zoti mavjud.