O‘tgan yili Zangiota, Bo‘stonliq va Yuqori Chirchiq tumanlarida yangi musiqa va san’at maktablari bunyod etildi; Bekobod va Qibray tumanlari hamda Angren shahridagi shunday ta’lim maskanlari rekonstruksiya qilindi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.

Foto: home-hunts.net

Foto: home-hunts.net

Qibraydagi yangidan qurilgan 2-bolalar musiqa va san’at maktabi 250 nafar o‘quvchini o‘z bag‘riga olgan. O‘zbek milliy cholg‘ulari, fortepiano, puflab chalinadigan asboblar, an’anaviy xonandalik va sozandalik kabi bo‘limlarda ta’lim olayotgan o‘g‘il-qizlarga 43 nafar yuqori malakali pedagog san’at saboqlarini berib kelmoqda.

2013-yilgi “Kamalak yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivalida mazkur maktabning 2-sinf o‘quvchisi Zulayho Hamidjonova o‘z yo‘nalishi bo‘yicha sovrindor bo‘ldi. Uning sinfdoshi Madina Dehqonova esa Fransiyadagi yosh ijrochilar xalqaro ko‘rik-tanlovida ikkinchi o‘rinni egalladi.