2013-yili tijorat banklari tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 700 milliard so‘mga yaqin kreditlar ajratildi. Bu ko‘rsatkich 2012-yildagiga nisbatan 41,9 foizga yuqoridir, deb yozadi O‘zA.

Foto: uzreport.uz

Foto: uzreport.uz

O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasida tashkil etilgan seminarda ham shular haqida so‘z yuritildi. Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari, Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E. Bositxonova so‘zga chiqdi.

Seminarda ta’kidlanishicha, o‘tgan yili o‘n million nafardan ortiq tug‘ish yoshidagi xotin-qiz chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, besh million nafarga yaqin ayol sog‘lomlashtirildi. 2013 yilda mahalliy korxonalar ishlab chiqargan 130 million so‘mlik oshxona va uy-ro‘zg‘or buyumlari ehtiyojmand oilalarga bepul tarqatilganligi ham bu boradagi ishlar ko‘lami kengayganidan darakdir.

Shuningdek, seminarda shu yo‘nalishdagi navbatdagi vazifalar, xotin-qizlar tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ayollar manfaatlarini ta’minlashda ularning faolligini oshirish haqida ma’ruzalar tinglandi.