Keyingi paytlarda kishilar o‘z farzandlariga antiqa ismlar qo‘yishayotgani, ism tanlashni internet foydalanuvchilari ixtiyoriga topshirishayotgani haqida yozgan edik. Minskdagi bir oilada esa yangi tug‘ilgan o‘g‘liga Timofey-Nefarian ismini berishgan, deya xabar qiladi Tut.by.

Foto: wowdata.ru

Foto: wowdata.ru

Gap shundaki, Nefarian – World of Warcraft kompyuter o‘yinidagi qahramon – qora ajdaho nomi bo‘lib, u inson qiyofasiga kira olish xususiyatiga ega. Aftidan, chaqaloqning ota-onasi virtual olamda ham ko‘p vaqtlarini o‘tkazishadi. Ammo o‘z farzandini bunday atash g‘oyasi ularning qay biridan chiqqanligi hozircha noma’lum.

Bolaning ism-sharifi 2013-yilda Belorussiya poytaxtining Oktabr tumani FHDYo idorasida qayd etilgan, ammo qaysi sanada tug‘ilganligi haqida ma’lumot berilmagan.