“Chelsi” nomini eshitishi bilan hammaning ko‘z oldiga futbol jamoasi kelishi aniq. Biroq endi “Chelsi” nomi bilan hojatxona qog‘ozlari ishlab chiqarilmoqda, deb xabar berdi PressNews nashri.

Foto: Facebook / Javokhir Jabborov

Foto: Facebook / Javokhir Jabborov

Hojatxona qog‘ozi o‘ramiga “Chelsi” jamoasi nomi va uning logotipi tushirilgan. Xabarda ta’kidlanishicha, bu rasmni Facebook ijtimoiy tarmog‘iga “Manchester Yunayted” jamoasi muxlislaridan biri joylashtirgan.

“O‘rta Osiyoning ko‘pgina bozorlarida premyer-ligalarning sharf, kiyimlar komplekti kabi mahsulotlari sotiladi. Ammo futbol jamoasini reklama qiluvchi hojatxona qog‘ozi – haqiqiy yangilik bo‘lsa kerak”, – deb yozdi BBC.

BBCga javoban Facebook’ning boshqa foydalanuvchisi saytga Barcelona nomli hojatxona qog‘ozi suratini qo‘ydi.

Foto: Facebook / Davron Tashkenbaev

Foto: Facebook / Davron Tashkenbaev

Facebook a’zolarining fikrlariga qaraganda, bu kabi reklama futbol jamoalariga yoqmasligi mumkin.