Janubiy Koreya poytaxti Seulda Bolalar va yoshlar teatri assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Osiyo uchrashuvlari ASSITEJ-2014” xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. Unga 11 mamlakatdan tashrif buyurgan ishtirokchilar orasida O‘zbekiston jamoasi ham bor edi, deb yozadi UzReport.

Foto: uzreport.uz

Foto: uzreport.uz

Mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston yoshlar teatri “Shum bola” spektakli bilan ishtirok etdi. Ta’kidlash kerakki, festival aynan mana shu spektakl namoyishi bilan ochib berildi va u ishtirokchilar hamda tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi. O‘zbekiston jamoasining bu muvaffaqiyati Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritildi.

Bundan tashqari, festival doirasida “Osiyoda Bolalar va yoshlar teatrining buguni va kelajagi” mavzuida konferensiya ham o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston yoshlar teatrining badiiy rahbari Nabi Abdurahmonov o‘zbek teatrlarining yutuqlari haqida chiqish qildi.