Ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish maqsadida Britaniya kengashi onlayn kurslarning qishki mavsumi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda UzDaily nashri xabar berdi.

Foto: www.apexcollege.org.uk

Foto: www.apexcollege.org.uk

Onlayn kurslar ingliz tilini o‘rgatuvchi eng yaxshi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan. Shuningdek, ular eng yangi va samarali texnologiyalarni qo‘llagan holda ingliz tili o‘qituvchilarining ko‘nikmalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan.

Onlayn kurslarda o‘qish uydan chiqmasdan turib bilim olish, butun dunyodagi hamkasblar bilan tajriba almashish, xalqaro darajadagi sertifikatga ega mutaxassis bo‘lib yetishish kabi imkoniyatlarni beradi.

O‘qish mustaqil holda va moderator nazorati ostida olib boriladi. Qishki kurslarga ro‘yxatga olish 2014-yil 22-yanvargacha davom etadi. Onlayn kurslar 10-fevraldan boshlanadi.