Namangan viloyatida O‘zbekiston milliy bankining Uychi tumani filiali rahbari Ibrohim Rahmonov moliyaviy muassasaning valyutasini soxta hujjatlar orqali o‘zlashtirgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda 12uz xabar berdi.

Foto: rt-russian.livejournal.com

Foto: rt-russian.livejournal.com

“Diyonat” mahalliy gazetasining ma’lumotlariga ko‘ra, bank boshlig‘i va uning to‘rtta hamkasbi fuqarolarning pasportini olib, ularga dollar sotib olganligi haqidagi qalbaki hujjatni rasmiylashtirib, valyutani o‘zlashtirgan.

Nashr firibgarlik bilan topilgan pulning umumiy summasi haqida ma’lumot bermagan. Ammo birinchi operatsiyaning o‘zidayoq Rahmonov 31 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.