O‘zbekistonning Ispaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Durbek Omonov Ispaniya qiroli Xuan Karlos I ga ishonch yorlig‘ini topshirdi, deb xabar berdi UzReport.

Foto: uzdaily.uz

Foto: uzdaily.uz

Marosimdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xuan Karlos I O‘zbekiston bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro munosabatlarni kuchaytirishda Ispaniya manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Kelajakda hamkorlikni kengaytirishga katta imkoniyatlar borligi qayd etildi.

Uchrashuv so‘ngida Xuan Karlos I O‘zbekiston Rahbari va xalqiga tinchlik hamda muvaffaqiyatlar tiladi.